Yangiliklar

Deputat so'rovi
 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, Oʻzbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich deputatlik so‘rovi yoʻlladi

📌 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputati Matniyazov Akbar Qadirovich tumanimizda fuqarolarning turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallani obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, Infratuzilmani yaxshilash masalalarini yanada takomillashtirish maqsadida Taxiatosh tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i T. Jamalovga deputatlik so‘rovi yo‘lladi.

⚡️ Taxiatosh tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i T. Jamalovga yo‘llangan deputatlik so‘rovida deputat:
🟢 Taxiatosh tumani “Keneges” ovul fuqarolar yig‘ini 4-Keneges saylov okrugidagi "Xumo" ko‘chasidagi yog‘och elektr ustunlarini (Столба) yangisiga almashtirish, ta’mirlash ishlari bo‘yicha fuqarolar tomonidan qilingan murojaat yuzasidan asosli va rasmiy javob olish maqsadida asoslantirilgan tushuntirish berish yoki o‘z nuqtai nazarini bayon qilishni so‘radi.

📥 Deputat Matniyazov Akbar Qadirovich mazkur so‘rov orqali mahalla aholisi uchun qulay yashash muhitini yaratish, mahallalarda mavjud muammolarga e’tibor qaratish va ularni hal etish jarayonlarini tezlashtirishni maqsad qilgan.

✍️ Ma’lumot uchun: “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5- va 8-moddalariga binoan deputatlik so‘roviga javob 10 kun ichida taqdim etilishi lozim. Deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki noto‘g‘ri ma’lumot berish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Slide 1 of 1