O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 7-aprel kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda sport sohasidagi “Zarbdor tajribasi”ni keng joriy etish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 8-Oybek saylov okrugidan saylangan deputat Dilrabo Ochilova Oybek mahallasida joylashgan 3-umumta’lim maktabining sport zalidagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida quyidagilarga asosiy e’tibor qaratildi:
Sport infratuzilmasi holati: Maktab sport zalining bugungi holati, uning aholi va yoshlar uchun ochiqligi hamda mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaroqliligi darajasi tekshirildi.
Sport anjomlari bilan ta’minlanganlik: Muassasada mavjud sport anjomlari, ularning sifati va yetarliligi holati ko‘zdan kechirildi.
Ommaviy sportni rivojlantirish: Prezidentimiz tomonidan e’tirof etilgan “Zarbdor tajribasi” asosida mahalladagi yoshlarni ommaviy sportga jalb qilish, tuman miqyosidagi stol tennisi va voleybol kabi ixtisoslashgan sport turlari bo‘yicha to‘garaklar faoliyatini tahlil qilish.
Topshiriqlar ijrosi: Maktab sport ob’ektlaridan unumli foydalanish va aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.
O‘rganish natijalari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sport inshootining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash choralari ko‘rilmoqda.