Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov o‘z saylov okrugidagi mahallalar obodligi va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratib kelmoqda.
Navbatdagi o‘rganish ishlari davomida deputat Ekologik partiya shahar Kengashi raisi A.Akbarov bilan birgalikda "Muqimiy" va "Shikorbegi" MFYlarda bo‘lib, hududdagi tozalik va obodonlashtirish ishlarining borishini ko‘zdan kechirdi.
Deputat N.Shomatov bevosita aholi va tashkilot vakillari bilan muloqot qilar ekan, qurilish jarayonlarida hosil bo‘layotgan chiqindilarni o‘z vaqtida tashib chiqish hamda mahallalar ichida noqonuniy chiqindixonalar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha mas’ullarga qat’iy ko‘rsatmalar berdi. Shu bilan birga, deputat tomonidan fuqarolar o‘rtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va atrof-muhitni asrash borasida tushuntirish ishlari olib borilib, bu boradagi jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bu kabi tizimli o‘rganishlar shahrimizning har bir go‘shasini ozoda va yashil makonga aylantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi