#Sessiya_qarori_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va 24-Do‘stlarobod saylov okrugi deputati Omonov Umar Shaxdarovich bilan birgalikda Payariq tumanida 2026-yilda amalga oshiriladigan drayver loyihalar o‘rganildi.
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashining 2026-yil 19-yanvardagi
VII-20-5-7-100-K/26-sonli qaroriga asosan, Mirzo Ulug‘bek va Turkibola
mahallalari hududidan o‘tuvchi 4K499 hamda 4K500 avtomobil ko‘chasinining aholi gavjum bo‘lgan 3 km qismini zarur infratuzilma bilan ta’minlash orqali 25 ta savdo-servis shohobchalari tashkil
qilish bo‘yicha manzilli dastur tasdiqlangan hamda bir qator vazifalar belgilangan.
Mazkur qarorga asosan TP o‘rnatish, sip kabel tortish, piyodalar yo‘lagi,
asfalt, suv inshoot, chiroqlar o‘rnatish uchun 5.08 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.
Qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganilib, amalga oshirilayotgan qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma loyihalarining borishi yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)