Qo‘ng‘irot MFYda ichimlik suvi ishlari deputat nazoratida
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati R. Shamanov o‘zi saylangan Qo‘ng‘irot MFY hududida olib borilayotgan ichimlik suvi tortish ishlarini joyiga chiqib nazorat qildi. Jarayon davomida aholi bilan birgalikda ishlarning borishi ko‘zdan kechirilib, sifat va muddat masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Deputat tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda ishlarni jadallashtirish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, R. Shamanov ushbu ezgu ishga o‘z hissasini qo‘shib, hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash yo‘lida faol ishtirok etdi.