Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘rganish ishlari olib borildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 11-Muqimiy saylov okrugi deputati Z.Shodmonov tomonidan Bog‘ishamol mahallasida joylashgan qabristonlarda obodonlashtirish ishlari holati o‘rganildi.

Tashrif davomida qabriston hududlarining tozaligi, tartibga keltirilgani, yo‘laklar, daraxt va gulzorlarning parvarishi hamda umumiy sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari sifati, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan ushbu maskanlarni yanada obod va fayzli saqlash, aholining muqaddas qadamjolarga hurmatini mustahkamlash, ayniqsa, bayram arafasida hududlarni tartibga keltirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 4