🔸Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi M.Imomov, shahar prokurori M.Mamatovlar tomonidan “Yoshlik”, “Ittifoq” hamda “Bunyodkor” MFY aholisining muammolarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
🔸Sayyor qabul davomida, fuqarolarning bandligi taʼminlash, davolanishga ko‘mak berish va boshqa sohalarga oid murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rildi. Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, batafsil o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.