Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat va kotibiyat mudiri nazorati: 11-sonli MTTdagi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi

Deputat va kotibiyat mudiri nazorati: 11-sonli MTTdagi qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi

✅ Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Sh.Raxmonov hamda Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov Chaqar mahallasida joylashgan 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, u yerdagi bunyodkorlik ishlarini bevosita nazorat qilishdi.

Asosiy maqsad: MTT binosida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining holatini joyida o‘rganish.

O‘rganish davomida:

Qurilish ishlarining sifati va texnik talablarga muvofiqligi;

Ishlarning tasdiqlangan grafik asosida, kechikishlarsiz olib borilayotganligi;

Tarbiyalanuvchilar uchun yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar tahlil qilindi.

Yakunda deputat va kotibiyat mudiri tomonidan mas’ullarga ishlarni sifatli yakunlash va muddatlarga rioya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1