#Kengash_raisi_faoliyati
#Deputatlar_faoliyati
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Tavboyev hamda tuman Kengashi deputati Sh.Mirzaqulovlar tomonidan tuman tibbiyot birlashmasida bemorlarning davolanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish maqsadida monitoring olib borildi.
O‘rganish davomida muassasaning bolalar bo‘limi hamda jarrohlik bo‘limida mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, bemorlarning sifatli davolanishi uchun yaratilgan qulayliklar, palatalarning holati, tibbiy jihozlardan foydalanish darajasi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bo‘limlarda tozalik va tartib masalalari atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, bemorlar va ularning yaqinlari bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammo va takliflar tinglandi. O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga tavsiyalar berilib, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha zarur choralar belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)