Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#sessiya #Kengash_qarori 👍 “Odil” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” barpo etiladi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 20-fevraldagi VII-19-24-7-95-K/26-son qarori bilan “Odil” mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida 5 mlrd so‘mlik loyiha amalga oshiriladi.

Mazkur qarorga ko‘ra mahallada:

🔹 120 ta quyosh panelli tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi;

🔹 2 km ichki yo‘llar ta’mirlanadi;

🔹 futbol maydonchasi quriladi;

🔹 3 km sug‘orish tarmog‘i lotoklar bilan ta’minlanadi;

🔹 4 dona transformator punkti o‘rnatiladi;

🔹 5,6 km elektr tarmog‘i tortiladi;

🔹 160 dona tayanch ustunlar o‘rnatiladi.

✅ Mazkur ishlar Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi qarori bilan amalga oshirilmoqda. Loyiha natijasida “Odil” mahallasida infratuzilma yaxshilanib, aholi uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1