Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik faoliyati

Mahalladagi xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlarning  faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bo‘ka tumani Kengashi deputati Ch.Abdurasulova tomonidan tumandagi "Istiqlol" mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlarning  ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlar hamda ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan aholi bilan olib borilayotgan ishlar, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi. 

Shuningdek, xotin-qizlar faoli hamda ijtimoiy xodimlarning faoliyatini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2