Respublika ishchi guruhi mas’ul xodimi B. Chinazbekov hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarboyev tashabbusi bilan shahar hududida joylashgan maktablarda bitiruvchi yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil qilindi.
Tadbir davomida ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga yo‘naltirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Ushbu yarmarka bitiruvchi yoshlarning kelgusidagi ish faoliyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.