Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari A. Tursunboyev va N. Niyozov hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K. Umarboyev tashabbusi bilan shahar hududida joylashgan maktablarda bitiruvchi yoshlar uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir davomida ish beruvchi tashkilotlar tomonidan mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taklif etilib, bitiruvchi yoshlar uchun bandlik imkoniyatlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Yarmarka yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni mehnat bozoriga moslashtirish hamda bandlik masalalarini hal etishga qaratildi.