GIYOHVANDLIKKA QARSHI TARGʻIBOT TADBIRI
Respublikamiz bo'ylab e'lon qilingan “Yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish” oyligi munosabati bilan Qiziltepa tumanidagi 2-sonli texnikumida tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig'i o'rinbosari L.Niyozov, Ma’naviyat va ma‘rifat bo‘limi rahbari N.Kenjayev, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova, G‘oyibon mahallasi mas‘ullari hamda texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan hozirgi kunda aholi, ayniqsa yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishi va iste’moli holatlari ko‘payib, yoshlar tarbiyasi, ularning jismoniy, ma’naviy va ruhiy holatiga qattiq ta’sir ko‘rsatayotganligi hamda ushbu illatning oldini oilish yo‘llari bir-qancha misollar orqali tushuntirildi.
📣📣📣 Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati