🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova “Pargos” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i M.Ashurov, Kadastr agentligi tuman filiali rahbari A.Mamadaliyev va “mahalla yettiligi” a’zolari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda aholi muammolarini o‘rganish ishlarini tashkil etdi.
🔷Tadbir davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar ro‘yxatga olinib, ularning yechimi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.