📌 YANGIYO‘L TUMAN NIXOL MFY HUDUDIDA O‘RGANISH ISHLARI
Yangiyo‘l tuman hokimi O.K.Ataullayev, Kengash kotibiyati mudiri R.R.Xamrobekov, deputatlar va tuman rahbarlari bilan birga hududning ijtimoiy-iqtisodiy holatini o‘rganish bo‘yicha joyiga chiqildi.
🔹 Ko‘rib chiqilgan masalalar:
*Aholi turmush sharoiti
*Ichki yo‘llar holati
*Suv va elektr ta’minoti
*Obodonlashtirish ishlar
🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi, murojaat va takliflar tinglandi. Aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi va ijrosi nazorat qilinmoqda.
📅 O‘rganish ishlari 2026-yil I chorak davomida amalga oshirilmoqda.