Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Ekspert guruhi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi, Ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Abdimo‘minov Xasan Aliqulovich raisligida Ekspert guruhining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, hududdagi dolzarb masalalar, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar hamda ularning yechimiga qaratilgan taklif va tavsiyalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, Ekspert guruhi a’zolari tomonidan ilgari surilgan amaliy takliflar va tavsiyalar Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi hamda ularni hayotga tatbiq etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Yig‘ilish ochiqlik, shaffoflik va samaradorlik tamoyillari asosida tashkil etilib, barcha ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari va takliflari bilan faol qatnashdilar.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi, mas’ul ijrochilarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi hamda ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Bandixon tumanini yanada rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash va mavjud muammolarni tizimli hal etishda Ekspert guruhi faoliyati izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3