Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

💧 Aholi murojaati asosida deputatlik so‘rovi yuborildi

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan “Gulchinor” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati amalga oshirildi.

🌱 O‘rganish jarayonida mahalla hududida yer osti suvlari sathining ko‘tarilishi natijasida ayrim yer maydonlarida zax bosishi, sho‘rlanish holatlari kuzatilayotgani hamda ushbu holat fuqarolar uchun qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani aniqlandi.

📄 Mazkur muammoni bartaraf etish, hududdagi mavjud zovur va drenaj tarmoqlarini tozalash ishlarini tashkil etish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida Sherobod tuman Melioratsiya bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

🤝 Deputatlik so‘rovida masalani belgilangan tartibda ko‘rib chiqish, zarur amaliy choralarni ko‘rish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli ma’lumot taqdim etish so‘raldi.

✅ Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish ishlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2