Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan tumanning “Sari-Qangli” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi E.Yuldashboyevning aholi bandligini ta’minlash, ishsizlikni qisqartirish hamda oilalarning daromadini oshirishga qaratilgan faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarning xatlovini yuritish, ularning kasbiy ko‘nikmalari va ehtiyojlarini aniqlash, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

🔺Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish, tomorqadan samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish sohalarida yangi loyihalarni shakllantirish, xotin-qizlar va yoshlarni bandlikka jalb etish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

🔺O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni tezkor bartaraf etish, har bir ishsiz fuqaro bilan manzilli ishlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va davlat dasturlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2