Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Qo‘qon shahar hokimi, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Marufjon Usmonov tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi fuqarolar bilan navbatdagi qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan uy-joy, ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, har bir murojaat belgilangan tartibda atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, qabul jarayonida imkoniyati cheklangan fuqarolar bilan alohida muloqot o‘tkazilib, ularning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, davolanish, reabilitatsiya va kundalik hayotda duch kelayotgan muammolari yuzasidan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan masalalar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tegishli topshiriq hamda ko‘rsatmalar berildi.

Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda amaliy yechim topish aholi manfaatlarini ta’minlashning muhim omili ekanligi alohida ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6