Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 ЛОЙИҲА ЎРГАНИЛДИ
янв.21
СЕБЗОР МАҲАЛЛАСИДА ИЧКИ КЎЧАЛАРНИ ШАҒАЛЛАШТИРИШ ИШЛАРИ БОШЛАНДИ
янв.21
МАҲАЛЛА ОБОДЛИГИ ЙЎЛИДА АМАЛИЙ ЎРГАНИШ ОЛИБ БОРИЛДИ 🏘
янв.21
Туман Кенгаши депутати С.Темиралиев 13-Себзор сайлов округидаги маҳаллалар фаоллари билан учрашув ўтказди
янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
Deputat saylov okrugidagi sport infratuzilmasi holatini oʻrgandi

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov oʻz saylov okrugi hududida joylashgan Ipak yoʻli mahalla fuqarolar yigʻinida aholi, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilgan sport infratuzilmasi holatini oʻrgandi.
Oʻrganish davomida mahallada bolalar va yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga qaratilgan sport inshootlari faoliyati koʻzdan kechirildi. Xususan, yoshlar uchun tashkil etilgan workout maydonchasi bilan tanishildi.

Maʼlum boʻlishicha, mahalla hududida yer maydoni cheklanganligi sababli mazkur workout maydonchasi hududdagi 2-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi hududiga oʻrnatilgan. Ushbu maydoncha nafaqat maktab oʻquvchilari, balki mahalladagi yoshlarning ham sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun qulay sharoit yaratmoqda.

Oʻrganish jarayonida mavjud sport infratuzilmasidan samarali foydalanish, uni asrab-avaylash hamda yoshlarni ommaviy sportga keng jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylov okruglarida aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni oʻrganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimini taʼminlashga qaratilgan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 3