Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan o‘z hududidagi Xomkon mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 3-Gilambob saylov okrugi deputati Mavlonova Ra’no tomonidan o‘z hududidagi Xomkon mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.


Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etdi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan hududda aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan olib borilayotgan ishlar hamda mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish tadbirlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Deputat tomonidan mahalla yettiligi a’zolarining faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati va belgilangan vazifalar ijrosi tahlil qilinib, mavjud muammolarni hal etish hamda aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

O‘rganish yakunida mahallada olib borilayotgan ishlarni izchil davom ettirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish va hamkorlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1