Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Туман Кенгаши қарори ижроси жойида ўрганилди
янв.21
Туман Кенгаши раиси томонидан сайёр қабул ташкил этилди
янв.21
Туман ҳокими, туман Кенгаши депутати томонидан сайёр қабул ўтказилди
янв.21
Бириктирилган ташкилот билан ҳамкорлик ишлари олиб борилди ҳамда қонун муҳокама қилинди
янв.21
Ижтимоий ходим тавсияси асосида фуқаронинг яшаш шароити ўрганилди
янв.21
Ҳудуддаги тадбиркор фаолияти билан танишилди
янв.21
Фуқаронинг мурожаати жойида ўрганилди
янв.21
Демурсад МФЙ “Маҳалла еттилиги” фаолияти ўрганилди
янв.21
Депутатнинг сайёр қабули ўтказилди
янв.21
📌 "Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида"ги Қонун ижроси юзасидан назорат таҳлил тадбирлари ўтказилди 🇺🇿
🔰 “RAVOT” MAHALLASIDA TO‘Y MAROSIMLARINI IXCHAMLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILIND

 “RAVOT” MAHALLASIDA TO‘Y MAROSIMLARINI IXCHAMLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 10-Ravot saylov okrugi deputati M.Baratova tomonidan “Ravot” mahallasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan uchrashuv va davra suhbati tashkil etildi.

🤝 Suhbat davomida to‘y va oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz o‘tkazish, marosim xarajatlarini maqbullashtirish hamda oilalarning iqtisodiy barqarorligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

📋 Tadbirda to‘y marosimlarini ixcham va tartibli tashkil etish, ortiqcha xarajatlarning oldini olish, yosh oilalarning turmushini qarz va moliyaviy qiyinchiliklarsiz boshlash muhimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimizga mos ravishda kamtarona va mazmunli marosimlarni o‘tkazish bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

 Mahalla faollari va xotin-qizlar tomonidan bu boradagi takliflar tinglanib, oilalarda tejamkorlik madaniyatini shakllantirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.

📌 Uchrashuv yakunida mahallada to‘y va marosimlarni me’yoriy tartibda o‘tkazish, ortiqcha sarf-xarajatlarning oldini olish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 4