Xalq deputatlari Bo‘ston tumani Kengashi deputati R.Sodiqova o‘z saylov okrugidagi aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida fuqarolarning muammo va takliflari tinglandi, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Aholi tomonidan asosan ijtimoiy soha, kommunal xizmatlar, yo‘l ta’miri va bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Deputat har bir murojaatni atroflicha o‘rganib chiqish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish bo‘yicha ish olib borilishini ta’kidladi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va joylardagi muammolarni bartaraf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.