Mahallada transport infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida keng ko‘lamli yo‘lsozlik ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, umumiy uzunligi 12 kilometr bo‘lgan asosiy va ichki ko‘chalar shag‘allashtirilib, asfalt qoplamasi yotqizishga tayyor holga keltirilmoqda. Ushbu ishlar yakunlangach, hududda transport qatnovi yanada yengillashib, aholi uchun yaratilgan qulayliklar yangi bosqichga ko‘tariladi.
🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi