Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
🌿 Сўх туманида дам олиш куни — эзгулик ва бирлик байрами!
янв.21
📊 “Инфратузилма ва ижтимоий барқарорлик” жамғармаси фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Фуқаро мурожаати тингланди ва ҳуқуқий тушунтириш берилди
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
📌 Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди.
янв.21
📍 Депутат ҳудудларда
янв.21
📊 Чораклик фаолият таҳлил қилинди
#24_ta_masala YUZASIDAN Deputat bandlik bo‘limi faoliyati bilan tanishdi

Tuman Kengashi deputati Farxod Sidiqov aholi bandligini ta’minlash hamda kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilinayotgan yangi qaror va dasturlar ijrosi, aholini ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunar o‘rgatish va daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “mahallabay” ishlash tizimi asosida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni bandlikka jalb etish, subsidiya va imtiyozlar ajratish jarayonlari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, bandlik dasturlarining samaradorligini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha manzilli ishlarni kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🌐 t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4