Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат назорати амалда
янв.21
Доимий комиссия йиғилиши бўлиб ўтди
янв.21
Депутат ҳудудларда
янв.21
🌿 Сўх туманида дам олиш куни — эзгулик ва бирлик байрами!
янв.21
📊 “Инфратузилма ва ижтимоий барқарорлик” жамғармаси фаолияти таҳлил қилинди
янв.21
Фуқаро мурожаати тингланди ва ҳуқуқий тушунтириш берилди
янв.21
Депутатлар ҳудудларда
янв.21
📌 Доимий комиссия йиғилиши бўлиб утди.
янв.21
📍 Депутат ҳудудларда
янв.21
📊 Чораклик фаолият таҳлил қилинди
Hududda chiqindilarni olib chiqish holati qonunchilik asosida o‘rganildi

 Shayxon MFY hududida Xalq deputatlari G‘ozg‘on shahar Kengashi deputati M.Saidova tomonidan chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida chiqindilarni olib chiqish ishlari "MIRONSHOX KOMFORT SERVIS" MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgani ko‘rib chiqilib, xizmat sifati, chiqindilarni to‘plash, saqlash va o‘z vaqtida olib chiqish holati tahlil qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida” 362-II-sonli Qonuni talablari asosida olib borilishi lozimligi ta’kidlandi. 

Ushbu qonunga ko‘ra:

chiqindilar fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi; 

atrof-muhitni muhofaza qilish asosiy vazifaligi; 

chiqindilarni to‘plash, tashish, saqlash va zararsizlantirish belgilangan tartibda amalga oshirilishi shartligi alohida qayd etildi. 

O‘rganish davomida ayrim hududlarda chiqindilarni olib chiqish kechikayotgani hamda konteynerlar yetishmasligi bo‘yicha muammolar aniqlandi. Fuqarolar tomonidan xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar bildirildi.

 Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berilib, chiqindilarni o‘z vaqtida va sifatli olib chiqishni ta’minlash choralarini ko‘rish belgilandi. Mazkur masala nazoratga olindi.

Aholi uchun toza va sog‘lom muhit yaratish — barchamizning ustuvor vazifamizdir

Slide 1 of 3