Ko‘rik davomida jami 63 nafar bolalar malakali shifokorlar tomonidan ko‘rikdan o‘tkazildi.
Jumladan, quyidagi mutaxassislar ishtirok etdi:
LOR shifokori
terapevt
pediatr
nevropatolog
kardiorevmatolog
Tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra, 16 nafar bolalar statsionar davolanishga yotqizilib, hozirda ular shifoxonada davolanmoqda.
Mazkur tadbir aholi, ayniqsa bolalar salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.