Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining oʻn oltinchi sessiyasi boʻldi.

Namangan shahridagi "Maʼrifat maskani"da oʻtgan sessiyada viloyat kengashi deputatlari, viloyat hokimi va uning oʻrinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda tegishli tashkilot va muassasalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada viloyatning 2025 yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, huquq-tartibot yoʻnalishidagi ishlar, mahalliy byudjet ijrosi va tarmoqlar boʻyicha boshqa muhim masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Kun tartibidagi 1-masala boʻyicha Namangan viloyati hokimi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi Shavkatjon Abdurazzoqov soʻzga chiqdi. 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Namangan viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-414-sonli qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Sessiyada viloyat prokurori Umirbek Madraximov hamda viloyat IIB boshligʻi Shuxrat Aliyev jinoyatchilikni oldini olish, huquq-tartibotni taʼminlash va profilaktika ishlari haqida axborot berdilar.

Shuningdek,  sessiyada iqtisodiyot va moliya,  sogʻliqni saqlash hamda boshqa  sohalarda olib borilayotgan ishlar, dasturlar bajarilishi ham koʻrib chiqildi.

Sessiyada muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 10