Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Muzrabot tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi - Abdulla
Mamatqulov tumanning Oriyat mahallasida faoliyat yuritayotgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan "Shirintoy bolajon" nomli maktabgacha ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi.

Tuman hokimi, tuman Kengashi raisi bolajonlarga turli sovg‘alarni topshirdi, ularning tarbiyalanishi va rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Abdulla Mamatqulov mazkur muassasadagi imkoniyatlar yanada yaxshilanib borishini, qanday muammo bo‘lmasin, doim ularning yonida bo‘lishini ta’kidladi. Nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalari ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lishdi. Tashrif bolalar uchun bayramona kayfiyat, ota-onalar uchun esa qo‘shimcha dalda bo‘ldi.

Slide 1 of 8