Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
Chinoz tumani. Mahalla yettiligi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Sherzod Botirov Kattatepalik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi B.Hamrayev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi. Xususan, aholining bandligini ta’minlash va ularni kambаg'аllikdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan olib borilayotgan ishlar holati tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy ko‘mak mexanizmlarini yanada takomillashtirish, xotin-qizlarning faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish mahalla hayotini yaxshilash, aholi farovonligini oshirish hamda amalga oshirilayotgan ishlar sifatini yanada yuqori bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi

Slide 1 of 3