Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
saylovchilar bilan uchrashuv
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутатлари тумандаги маркази шифохонадаги муаммоларни ургандилар
янв.21
МФЙдаги муаммолар ўрганилмоқда
янв.21
депутат ташаббуси билан ёшларни бўш вақтини мазмунили ташкил этиш
янв.21
депутат ижтимоий соҳа иситиш тизимини ўрганди
янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги қурилиш ишлари билан танишди
янв.21
Мактаблар янги ўқув йилига тайёрми?
янв.21
Ҳашарда депутатлар ҳам фаол қатнашмоқда
янв.21
Тадбиркорлар муаммолари ўрганилмоқда.
YANGIARIQ TUMANI “QORIQTOM” MAHALLASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Yangiariq tumani deputati Baxtiyor Abdullayev Olimovich “Qoriqtom” mahallasiga tashrif buyurib, mahalla faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida deputat MFI raisi Umrbek Tahirov bilan suhbatlashib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar va dolzarb masalalar yuzasidan batafsil ma’lumot oldi.

 

 Tashrif jarayonida Baxtiyor Abdullayev fuqarolar bilan bevosita muloqot qilib, ularning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari va ehtiyojlarini o‘rgandi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.

 

 Deputatning ta’kidlashicha, har bir fuqaroning muammosi e’tibor markazida bo‘lishi, ularni o‘z vaqtida hal etish va mahallada farovonlikni ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.

 Mazkur uchrashuv “Qoriqtom” mahallasida aholi bilan ochiq muloqotni yana-da kuchaytirish, muammolarni joyida o‘rganish va chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qildi.

Slide 1 of 3