Yangiliklar

MIROBOD TUMANIDA NURONIYLAR BILAN DEPUTAT UCHRASHUV O‘TKAZDI

Noyabr oyi oxirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror ijrosini Mirobod tumani hokimligi katta majlislar zalida Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengashi deputati X.Qayumov tashabbusi bilan nuroniylar uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda tumanimizdagi 39 ta mahalla raislari va katta tajribaga ega bo‘lgan nuroniylar ishtirok etdilar.

Qarorda ta’kidlanganidek, katta avlod vakillarining bilimi va tajribasidan foydalanish uchun faol nuroniylar kambag‘allikka qarshi kurashish dasturini amalga oshirishga, shuningdek, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini va ijtimoiy-ma’rifiy muhitni shakllantirishga jalb etiladi.

Uchrashuv davomida qarorning har bir bandi bo‘yicha tushunchalar berilib, kelajakda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar rejalashtirib olindi.

Slide 1 of 5