Sirdaryo tumani "Taraqqiyot" mahallasida Sadoqat, Elomon, Otajonov va Vatanparvar ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlarida elektr o‘chishlar va transformatir quvvati yetmasligi yuzasidan fuqarolar yig‘ini aholisi murojaat qilingan edi. Ushbu hududdan saylangan “Adolat” SDP tuman Kengashi deputati Gʻ.Axmedov ushbu murojaat nazoratiga olinib tuman, viloyat elektr tarmoqlari raxbarlari yordamida xududdagi eski transformator almashtirishga erishildi va axoli muammosi bartaraf etildi. Aholi xonadonlarining elektr energiya ta’minoti yaxshilandi.
"Deputat o‘zi saylangan hududdagi xalq bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yuritib, ularning muammolarini o‘rganib, bartaraf etish choralarini ko‘rish uchun harakat qilib borishi kerak. Deputatlar o‘rganishlar jarayonida saylovchilarni o‘ylantirgan masalalarni joyida ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratmoqda", — deyiladi partiya viloyat Kengashi matbuot xizmati xabarida
(https://t.me/SirdaryoSadosi)