Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari J.Rasulov, M.Raximov va N.Kiyamovlar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 54-, 59- va 92-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida isitish tizimining barqaror ishlashi, keltirilgan ko‘mir sifati hamda zaxiralarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ayrim ta’lim muassasalarida isitish tizimi barqaror ishlayotgan bo‘lsa, ayrim ta’lim muassasalarida o‘t yoquvchilarning mas’uliyatsizligi, ko‘mir sifatining pastligi, elektr energiyasidagi uzilishlar va boshqa omillarga ko‘ra isitish talab darajasida emasligi aniqlandi. O‘rganish natijalari yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli tavsiyalar berildi.