Haftaning har Payshanba kuni yurtimizda — “Profilaktika kuni” sifatida, jamiyatda xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash, fuqarolar hushyorligi va ogohligini oshirish borasida qator tadbirlar o’tkaziladi.
Xususan, Shirin shahrida Xalq deputati Shirin shahar Kengashi deputati I.Karabayev ham "Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” hamda “Xavfsiz hudud — dolzarb 50 kun” doirasida keng qamrovli targ‘ibot ishlari va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.