39-Xovos saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati A.Abduraxmanov Xovos shaharchasi “Tinchlik” mahallasidagi saylovchilari bilan uchrashdi. Muloqot davomida o‘tgan chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida ko‘rilgan masalalar xususida batafsil axborot berildi.
Muhtaram Prezidentimizning 2025-yil 6-martdagi PQ-93-sonli qarorlari asosida tumanda 2025-2027 yillarda amalga oshiriladigan yangi loyihalar, jumladan, aholini munosib ish o‘rni bilan ta’minlash, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, infratuzilmani rivojlantirish bilan bog‘liq dasturlar to‘g‘risida tushuncha berildi. Qizg‘in savol-javob tarzda o‘tgan uchrashuvda yoshlar tarbiyasi, tomorqadan samarali foydalanish, may oyida bo‘ladigan mahalla raislari saylovida fuqarolar faolligi masalalari ham ko‘tarildi