🟢2025-yil 5-aprel kuni Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashiga 15-“Xondoyliq” saylov okrugidan saylangan deputat Azmetov Baxtiyor Usmonovich saylovchilariga joriy yil 1-chorak davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
🔹Uchrashuvda siyosiy partiya a’zolari, mahalla aholisi vakillari, “mahalla yettiligi” xodimlari ishtirok etdilar.
🔹Deputat tomonidan:
- aholining murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha olib borgan ishlar;
- tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarida belgilangan chora-tadbirlar;
- fuqarolar yig‘inlari raislari saylovi bo‘yicha qonunchilikka kiritilgan yangiliklar haqida aholiga axborot berildi.
✅Tadbir yakunida aholi bilan savol-javoblar o‘tkazilib, “mahalla yettiligi” a’zolari bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.