Xalq deputatlari Xo’jaobod tuman Kengashi deputati Muxitddinov Shavkatbek Qaytmasovich 2025-yilga mo’ljallangan ish rejasi va deputatlarning saylovchilar bilan uchrashuvi reja
jadvaliga ko’ra tumandagi "Andijon" mahalla fuqarolar yig'inida joylashgan 2-umumta’lim maktabida aholi o’rtasida uchrashuv o’tkazdi.
Uchrashuvda bevosita “Mahalla yettiligi” hamda 61 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etdi. Tuman darajasidagi aniqlangan muammolar va aholi ehtiyojlari bo’yicha mutasaddi tashkilotlar ishtirokida bartaraf etilishi tushuntirib o’tildi.