Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi yo‘lga qo‘yilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida xalq deputatlari Pastdarg'om tumani Kengashi tomonidan Bo'ston mahallasida mahalla faollari va aholi bilan uchrashuv o'tkazildi.
Uchrashuv davomida mahalladan saylangan deputat Mardanova Dilfuza Abduxalimovna aholi murojaatlarini tinglab, murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborishga kelishib olindi.