Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengash yangi binoga o‘tdi..
янв.21
Депутатнинг маҳалла еттилиги билан учрашувлари
янв.21
Депутат ташаббуси
янв.21
Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Deputatlar hisobotni ko‘chma sessiyada eshitishdi
янв.21
Deputatlik_nazorati
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
SPIKER-OQOLTIN TUMANIDA
янв.21
Ilk xalqaro hamkorlik
янв.20
“Боёвут тумани мисолида” “Ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш юзасидан белгиланган чора-тадбирларни манзилли ўрганиш ҳамда самарали назоратни амалга ошириш” мавзусида семинар
Bugun xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining VII chaqiriq, birinchi sessiyasi o‘tkazildi

Unda viloyat Hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonovaning joriy yil 27-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiyada 14-Alpomish saylov okrugidan saylangan deputat Choriyev Abduraim Ravshanovich xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi raisi etib saylandi.

Shuningdek, sessiyada xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Maslahatlashuvda Prezidentimiz tomonidan Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga Ulug‘bek Qosimov nomzodi ko‘rsatilganligi bildirildi. Nomzod bo‘yicha partiyalar guruhlari ham o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Nomzod deputatlarga viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboliga mo‘ljallangan o‘z dasturini taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari viloyat Kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Qosimov Ulug‘bek Berdiqobilovich nomzodi Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Slide 1 of 3