XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Milliy qadriyatlarimizni yuksaltirish va xalqimiz orasida keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 9-14-sentabr kunlarida Termiz shahrida o‘zbegimning milliy libosi “Xon atlas haftaligi” o‘tkazildi. Haftalik doirasida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati D.Normuradova tashabbusi bilan Termiz shahar 11-sonli maktab o‘quvchilari ham faol ishtirok etishdi.
Xon atlas – eng yorqin ranglar tabiat jilosi, gullar tasvirini o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy matosi hisoblanadi. Yosh avlodda milliy g‘urur hissini uyg‘otish, madaniy ildizlariga bo‘lgan hurmat va qiziqishni kuchaytirish, milliy urf-odat va anʼanalar bilan birga umuminsoniy axloq qoidalarini shakllantirishga xizmat qiluvchi bu kabi tadbirlar shahrimiz mehmonlarida ham katta qiziqish uyg‘otmoqda. O‘zbek milliy shoyi matolari – atlas va adrasni tayyorlash texnologiyasi YUNESKO nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or tajriba ro‘yxatiga kiritilganini ham alohida eʼtirof etish lozim.