Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengash yangi binoga o‘tdi..
янв.21
Депутатнинг маҳалла еттилиги билан учрашувлари
янв.21
Депутат ташаббуси
янв.21
Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Deputatlar hisobotni ko‘chma sessiyada eshitishdi
янв.21
Deputatlik_nazorati
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
SPIKER-OQOLTIN TUMANIDA
янв.21
Ilk xalqaro hamkorlik
янв.20
“Боёвут тумани мисолида” “Ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш юзасидан белгиланган чора-тадбирларни манзилли ўрганиш ҳамда самарали назоратни амалга ошириш” мавзусида семинар
Узбекистон Республика Олий Мажлис Сенат Раиси бощилигидаги Макссус Комиссия 2024-йил 8-апрель кунги 10-сонли байони иджроси бо'йича ишчи гурухи а'золари томонидан хонадонларда о'рганишлар о'тказмокда

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi boshchiligidagi maxsus komissiyaning 2024-yil 8-aprel kungi 10-sonli bayoni ijrosi bo‘yicha ishchi guruhi a’zolari tomonidan xonadonlarda o‘rganishlar o‘tkazmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yil 7 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilishda mamlakatimizda ayollar tadbirkorligini yangi bosqichga ko‘tarish va ularning bandligiga ko‘maklashish borasida qator vazifalar belgilab berildi. 

Xususan, Oliy Majlis Senati raisi boshchiligida maxsus komissiya “favqulodda holat” rejimida ishlab, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha ishlarni mutlaqo yangicha yondashuvlar va tizim asosida tashkil qilinishi belgilandi. 

2024 yilda mahallalarda ishsiz va ishlash istagini bildirgan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida Farg‘ona tumanida tuman Kengashi deputatlari ishtirokida ishchi guruhi tuzilib, xonadonbay o‘rganishlar o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari belgilanmoqda. 

Bugun Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev, O‘zbekiston “Adolat” SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi N.Karimovlar tumanning Yoyilma, Birdamlik, Mozortagi MFY hududlarida bo‘lib, so‘rovnomalarni to‘g‘ri va haqqoniy o‘tkazilishini nazorat qilib, kerakli tushuncha va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6