Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengash yangi binoga o‘tdi..
янв.21
Депутатнинг маҳалла еттилиги билан учрашувлари
янв.21
Депутат ташаббуси
янв.21
Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Deputatlar hisobotni ko‘chma sessiyada eshitishdi
янв.21
Deputatlik_nazorati
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
SPIKER-OQOLTIN TUMANIDA
янв.21
Ilk xalqaro hamkorlik
янв.20
“Боёвут тумани мисолида” “Ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш юзасидан белгиланган чора-тадбирларни манзилли ўрганиш ҳамда самарали назоратни амалга ошириш” мавзусида семинар
Ishtixon tumani deputati va mahalla faollari bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Aziz Rabbimov, mahalla faollari bilan birgalikda 55-umumta’lim maktabida bo‘lib, bitiruvchilar bilan suhbat qurdi.

Uchrashuvda bitiruvchi yoshlarni Prezidentimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyat va imtiyozlar bilan tanishtirishdi hamda oliy o‘quv yurtiga o‘qishga borish, ishga joylashish, tadbirkorlik va boshqa faoliyat turlari bilan shug‘ullanish borasida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatdilar.

Muloqotda bugungi kunda yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyati, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil to‘xtalib, bitiruvchilarning kelajakda ulkan va masʼuliyatli marralar kutayotgani, oldilariga aniq maqsad qo‘yib, bor kuch-g‘ayrati, bilim va salohiyati bilan harakat qilishlari kerakligi ta’kidlandi.

Bitiruvchi yoshlarni mahallalardagi yoshlar yetakchilari bilan mustahkam aloqada bo‘lishlarini, ularning telegram kanaliga a’zo bo‘lib, yoshlar bandligini ta’minlash, iqtidorini ro‘yobga chiqarish borasidagi taklif va yangiliklardan xabardor bo‘lib turishlarini aytib o‘tdi. Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga ko‘mak berish uchun Yoshlar agentligi tomonidan ko‘rsatiladigan ko‘mak, subsidiya, yo‘llanma va imtiyozlar turlari bilan tanishtirdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda bitiruvchilarning ko‘plab savollariga javoblar berildi hamda yoshlarning kelajak orzulari xususidagi fikr-mulohazalari ham tinglandi. 

Slide 1 of 7