Joriy yilning 14-yanvar kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomida Sayxunobod tumani “Ittifoq” mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklari bilan tanishgandi. Davlat rahbari Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi yig‘ilishda Sayxunobodda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilayotgan yangi tajribani butun respublika bo‘ylab qo‘llashning ahamiyatini alohida taʼkidlab o‘tgan edi.
Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati Sherzod Tuxtashev va Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati K.Yavkochdiyev tumandagi “Beshariq” mahallasida Sayxunobod tajribasi asosida qilinayotgan ishlar bilan tanishdi.