Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengash yangi binoga o‘tdi..
янв.21
Депутатнинг маҳалла еттилиги билан учрашувлари
янв.21
Депутат ташаббуси
янв.21
Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Deputatlar hisobotni ko‘chma sessiyada eshitishdi
янв.21
Deputatlik_nazorati
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
SPIKER-OQOLTIN TUMANIDA
янв.21
Ilk xalqaro hamkorlik
янв.20
“Боёвут тумани мисолида” “Ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш юзасидан белгиланган чора-тадбирларни манзилли ўрганиш ҳамда самарали назоратни амалга ошириш” мавзусида семинар
KO‘P QAVATLI UYLARDA MUAMMOLAR KO‘PMI?!

 2021-yil 19-iyundagi “Ko‘p kvartirali uy-joylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-5152-son Qarori asosida tumanimizda ham “Payariq turon gulshani” va “Payariq elit kommunal” MChJ shaklidagi BSK (Boshqaruv Servis Kompaniyalari) tashkil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining
2019-yil 7-noyabrdagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi O‘RQ-581-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi ko‘p qavatli turar-joy binolarini texnik holatini saqlash va tutash yer maydonini obodonlashtirish maqsadida yuqorida nomlari keltirilgan MChJlar samarali faoliyat yuritishmoqda. Hozirgi vaqtda tumanimiz bo‘ylab yana yangi 13 ta ko‘p qavatli turar-joylar qurilmoqda, ushbu uy-joylar 2024 yilning 4-choragiga qadar qurilish ishlari tugallanib, foydalanishga topshirilishi belgilangan. Boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan ko‘p qavatli turar-joylarda yashovchi fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Mening uyim” billing tizimiga kiritilgan bo‘lib, fuqarolarga tegishli ko‘p qavatli turar-joy binolarini texnik holatini saqlash va tutash yer maydonini obodonlashtirish uchun majburiy badal to‘lovlari inson omilisiz hisob-kitob qilinib borilmoqda. O‘tgan yillar davomida Boshqaruv Servis Kompaniyalari tomonidan olingan kredit hisobiga ko‘p qavatliuy-joylarning tomlarini yopish, fasad qismlari va kirish yo‘laklarini ta’mirlash, hojatxona, tandirxona va bolalar maydonchalari qurish ishlari bajarilgan. Biroq fuqarolar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan majburiy badallar yillar davomida to‘lanmasdan kelinayotganligi sababli Boshqaruv Servis Kompaniyalari tomonidan xizmat ko‘rsatish ishlari olib borishda muammolar vujudga kelayotganligi ham sir emas.

Slide 1 of 3