Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengash yangi binoga o‘tdi..
янв.21
Депутатнинг маҳалла еттилиги билан учрашувлари
янв.21
Депутат ташаббуси
янв.21
Халқ депутатлари Cирдарё вилояти Кенгашининг еттинчи чақириқ биринчи сессияси ўтказилди.
янв.21
Deputatlar hisobotni ko‘chma sessiyada eshitishdi
янв.21
Deputatlik_nazorati
янв.21
Deputat faoliyatidan
янв.21
SPIKER-OQOLTIN TUMANIDA
янв.21
Ilk xalqaro hamkorlik
янв.20
“Боёвут тумани мисолида” “Ҳудудни ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш юзасидан белгиланган чора-тадбирларни манзилли ўрганиш ҳамда самарали назоратни амалга ошириш” мавзусида семинар
Ayollar bandligini ta'minlashning muhim omili.

 O‘zLiDeP Payariq tuman Kengashi“Ayollar qanoti” tomonidan tumandagi "Global TEX" ishlab chiqarish korxonasida“Bunyodkor ayol” loyihasi doirasida "Oilaviy tadbirkorlik -ayollar bandligini ta’minlashning muhim omil" mavzusida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarni zamonaviy kasb-hunar va ta’lim olishlari gako‘maklashish, ularni ish bilan badligini ta’milash maqsadida uchrashuv
tashkil qilindi. 

Uchrashuv davomida tuman Kengashi raisi A.Maxammatov, Ayollar qanoti guruhi rahbari S.Norboeva, Ayollarmasalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari G.Alimovalar ishtirok etishib, korxona faoliyati bilan tanishdilar hamda korxonada faoliyat yuritayotgan xotin- qizlarga partiya dasturiy maqsad vazifalari, partiya Ayollar qanoti loyihalari to‘g‘risida, tadbirkorlikning barcha yo‘nalishlarida zamonaviy biznesni to‘g‘ri tashkil qilish borasida kerakli bilim va ma’lumotlar berdilar. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyati qonun qoidalari, faoliyat turi bilan bog‘liq amaldagi qonunchilikva ularga kiritilgan bir qator o‘zgartirishlar, tadbirkorlikni boshlash uchun tavsiyalar va tadbirkorlikka qiziqqan talaba qizlar uchun biznes loyihalar tanishtirib o‘tildi. Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar va imtiyozlardan to‘g‘ri foydalanish, Samarqandimizni salohiyatini oshirish, nafaqat oilaviy byudjetiga balki yurt farovonligiga hissasini qo‘shish, xotin-qizlarning ish bilan bandligini ta’minlash kabi imkoniyatlar mavjud. Bugungi o‘tkazilgan uchrashuv davomida ham albatta partiyaviy loyihalar orqali, xotin-qizlarini, tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun yana bir turtki bo‘ldi desam mubolag‘a bo‘lmaydi,-deydi tuman kengashi raisi A. Maxammatov. Tadbir yakunida xotin-qizlar tadbirkorligini yanada mustahkamlash,partiya dasuri va maqsadlarini amalga oshirishda, xotin-qizlar siyosiy faolligini, huquqiy savodxonligini va ish bilarmonlik salohiyatini oshirishda shu kabi amaliy uchrashuvlar va hamkorlik masalalarini yaxshilash borasida kelishib olindi. 

O‘zLiDeP Payariq tumani Kengashi deputati S.Norboyeva. 

 

Slide 1 of 3