Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP deputatlik guruhi tomonidan partiyaning "Vatan
kelajagi – yoshlar qo‘lida" loyixasi doirasida uchrashuv o‘tkazildi
🔹Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashidagi “Adolat” SDP deputatlari O.Dadajonova, F.Mirzayev tashabbusi bilan tumanning Yoyilma MFY hududida partiyaning "Vatan kelajagi – yoshlar qo‘lida" loyixasi doirasida “ Deputat yoshlar davrasida” mavzusida uchrashuvi o‘tkazildi.
🔹Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan himoyalash, Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga hurmat, har tomonlama komil inson bo‘lib voyaga yetishishlariga erishish jamiyat oldida turgan muhim vazifalardan biri ekanligini va bu yo‘lda ota-onalarimizdan boshlab, Yurtboshimiz ham birdek jonbozlik ko‘rsatib, turli xil imtiyozlar, imkoniyatlar yaratilayotganligidan foydalanib, har bir o‘g‘il-qiz jonajon Vatani, ota-onasiga munosib bo‘lishlarini so‘radilar.