35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING REGLAMENTI

📌 10-MODDA. TUMAN KENGASHI SESSIYALARINI CHAQIRISH VA O‘TKAZISH TARTIBI
🏛 Sessiyalarni chaqirish
📅 Tuman Kengashi sessiyalari Kengash raisi tomonidan, u yo‘qligida esa tuman Kengashiga saylovda eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari tomonidan zaruratga qarab, har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.
👥 Sessiya tuman Kengashi deputatlarining kamida uchdan ikki qismining tashabbusiga yoki hokimning taklifiga binoan ham chaqirilishi mumkin.
📢 Sessiyani chaqirish to‘g‘risidagi qarordan deputatlar sessiya ochilishidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
🗳 Birinchi sessiya
🆕 Yangi saylangan tuman Kengashining birinchi sessiyasi hokim tomonidan saylovdan keyin kechi bilan uch haftalik muddat ichida chaqiriladi.
🔔 Birinchi sessiya tegishli hududiy saylov komissiyasi raisi tomonidan ochiladi hamda u tuman Kengashi raisi saylangunga qadar sessiyaga raislik qiladi.
⚖️ Sessiyaga kim raislik qiladi?
👤 Tuman Kengashi sessiyalarida rais, u yo‘qligida esa eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini olgan siyosiy partiyadan ilgari surilgan deputatlar tomonidan tashkil etilgan partiya guruhi rahbari raislik qiladi.
🤝 Agar bir nechta siyosiy partiya teng miqdordagi eng ko‘p deputatlik o‘rinlarini egallasa, ularning o‘zaro kelishuviga ko‘ra tegishli partiyaning rahbari sessiyaga raislik qiladi.
🏛 Prezidium
Tuman Kengashi sessiyasida prezidium tashkil qilinadi.
📋 Prezidiumga, qoida tariqasida, tuman Kengashi raisi hamda hokim joylashtiriladi.
⏳ Kengash organlarini tuzish
🆕 Yangi saylangan tuman Kengashining birinchi sessiyasi o‘tkazilgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmay tuman Kengashining organlari tuziladi.
📚 Xulosa: Tuman Kengashi sessiyalarini chaqirish, o‘tkazish, unga raislik qilish hamda Kengash organlarini shakllantirish tartibi ushbu modda asosida belgilanadi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube | Instagram