35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat máhállede ámelge asırılıp atırǵan jumıslardıń barısın úyrenbekte.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
Deputat sorawı jiberildi.
янв.21
19-1-statya. Gezektegi sessiya máselesi boyınsha úyreniw alıp barıldı.
янв.21
Ózbekstan Respublikası Ǵárezsizliginiń 35 jıllıǵı" estelik belgisi tapsırıldı
янв.21
Bir Watan, bir xalıq bolıp, jańa turmıs hám keleshek jaratamız!
янв.21
Shomanay rayonıńda bayram ilajı milliy kórgizbeler menen baslandı
янв.21
Abadanlastırıw xızmetkerlerine bayram sawǵaları tapsırıldı
янв.21
Ǵárezsizlik bayramı qarsańında Shomanay shańaraqlıq medicina punkti paydalanıwǵa tapsırıldı
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING REGLAMENTI

📌 6-modda. Tuman Kengashining asosiy vakolatlari
🏘 Tuman Kengashining asosiy vakolatlariga quyidagilar kiradi:
1️⃣ Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini ijtimoiy himoya qilish dasturlarini, tuman, shaharning bosh rejasini hamda uni qurish qoidalarini tasdiqlash.
💰 2️⃣ Byudjet masalalari:
tuman mahalliy byudjetini, shuningdek tuman byudjetini tegishincha tuman hokimining taqdimnomasiga binoan ko‘rib chiqish hamda qabul qilish;
ularning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
tuman byudjeti daromadlarining prognozlarini ma’lumot uchun qabul qilish;
tuman byudjetiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qarorlarni tasdiqlash;
tegishli byudjetlardan moliyalashtiriladigan hududiy byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarning byudjet mablag‘laridan samarali foydalanilishi hamda erishilgan natijalar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish;
tuman mahalliy byudjetining, shuningdek tuman byudjetining tegishli davrdagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlarni ko‘rib chiqish hamda tasdiqlash.
📊 3️⃣ Soliq va majburiy to‘lovlar:
Tuman soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlarning stavkalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlar doirasida belgilash.
👤 4️⃣ Hokimiyat faoliyati:
Hokimni va uning o‘rinbosarlarini lavozimga tasdiqlash, lavozimidan ozod etish, ularning faoliyatiga doir hisobotlarini, shuningdek tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlarini eshitish.
📨 5️⃣ Xalq bilan muloqot:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Xalq qabulxonalarining hududdagi davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari faoliyati hamda murojaatlar bilan ishlash holati to‘g‘risidagi axborotini har chorakda eshitish.
👩‍🎓 6️⃣ Yoshlar masalalari:
Yoshlar muammolarini o‘rganish, ularni hal etishga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hududiy rahbarlarining hisobotlarini har olti oyda eshitish.
⚖️ 7️⃣ Qonuniy nazorat:
O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan hollarda hokim qarorlarini tasdiqlash.
📋 8️⃣ Kengash faoliyatini tashkil etish:
Tuman Kengashining ish tartibini, doimiy va muvaqqat komissiyalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.